Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent atmosferasi yomon darajani ko‘rsatmoqda
11:46 / 2024-01-10

Mamlakatimizda shahar aholisi 18 milliondan ortib, umumiy aholining 51 foizini tashkil etmoqda. Aholi soni, shuningdek, transport vositalarining ortishi shaharlarda atrof tabiiy muhitining yomonlashuviga sabab bo‘lmoqda.

O‘zgidromet kuzatuv natijalariga ko‘ra, Toshkent shahrida ayni vaqtda (9:00-10:00) havoning mayda chang zarralari (RM 2,5) bilan ifloslanishi quyidagicha:

Yunusobod tumani “Bodomzor” yo‘lida – 56 mkg/m3;  

Chilonzor tumani Xalqlar do‘stligi maydonida –59 mkg/m3.  

Ushbu hududlarda havodagi chang miqdori AQI – RM 2,5 ko‘rsatkichi bo‘yicha havoning “nosog‘lom”darajadagi ifloslanish toifasiga kiradi.

 

Muhayyo Toshqorayeva,O‘zA