French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent anjumani xorijliklarda iliq taassurot qoldirmoqda (+video)
19:05 / 2025-04-09

Bugun Parlamentlararo ittifoq Assambleyasining oxirgi kuni. Ushbu xalqaro yig‘in 150 yillik tarixida global hamkorlikni mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish uchun muhim maydonga aylandi.

Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan mazkur anjumanda delegatlar uchun barcha imkoniyat, shart-sharoit muhayyo etildi. Jumladan, konferensiya zallari eng zamonaviy texnologiya vositalari bilan jihozlanib, ishtirokchilarga fikrlarini oson ifoda etish, hamkasblari bilan o‘zaro tajriba almashish, munozara olib borish imkonini yaratgan. Qolaversa, shahrimizning zamonaviy infratuzilmasi, xalqimizning odatiy va an’anaviy mehmondo‘stligi mexmonlarda iliq taassurot qoldirmoqda.

Xorijiy delegatlar Toshkentning madaniyati va tarixi, mahalliy an’ana va urf-odatlarimiz bilan tanishuv jarayoni o‘zlari uchun unutilmas voqea ekanini e’tirof etmoqda.

Diplomat va siyosatchilar uchun foydali, qulay platforma sifatida xalqaro aloqalar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilayotgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambliyasi, o‘z navbatida, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga ham munosib hissa qo‘shishi shubhasiz.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JoJxWn8cdho" title="Toshkent anjumani xorijliklarda iliq taassurot qoldirmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA