English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent aholisi sifatli va qulay jamoat transporti xizmati bilan ta’minlanadi
10:13 / 2022-12-21

"Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Abdujamil Azizovning aytishicha, transport vaziri Ilhom Mahkamov har hafta kamida 4 marotaba uydan ishga borishda yoki ishdan uyga qaytishda jamoat transportidan foydalanadi.

Toshkent shahridagi jamoat transportlaridagi muammolarni bartaraf etish uchun mavjud barcha 148 ta yo‘nalish o‘rganib chiqildi. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda 204 ta avtobus olib kelindi va yo‘nalishga chiqarildi.  

Xususan, IIVdan 30 ta “ISUZU” rusumli, Milliy gvardiyadan 25 ta “ISUZU” rusumli, Transport vazirligidan 16 ta “YUTONG” rusumli, Samarqand viloyatidagi “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” korxonasidan 20 ta “MAN” rusumli, katta hajmli, 13 ta “SAZ-LE-60” rusumli hamda 100 ta “ISUZU” rusumli avtobuslar keltirilgan.  

Natijada, yo‘nalishdagi avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25-30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqardi.  

– Avtobuslarning tirbandlikda qolib ketishi natijasida oraliq masofa uzayib ketayotgan edi. Ayniqsa, 116-yo‘nalishli avtobus bozor hududidan o‘tganligi ham bunga ta’sir ko‘rsatgan, – deydi A.Azizov.  So‘nggi choralar natijasida ushbu muammolar bartaraf etildi.  

Mutasaddining ta’kidlashicha, bu islohotlar muntazam davom etadi.  Davlatimiz rahbarining topshirig‘i bilan 2023 yilning mart oyida Toshkent shahri uchun 1000 dona avtobus xarid qilib yo‘nalishlarga beriladi. Bu orqali shaharda sifatli va qulay jamoat transporti ta’minlanadi.  

 

O‘zA