Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent aeroportida 95 ta iPhone kontrabandasi fosh qilindi
09:10 / 2025-11-26

Toshkent xalqaro aeroportida Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi va “Toshkent-AERO” IBK tezkor xodimlari tomonidan noqonuniy mobil qurilmalarni olib kirishga urinish fosh etildi.

Dubaydan uchib kelgan fuqaroning qo‘l sumkalari tekshirilganda, hujjatlarsiz xorijda ishlab chiqarilgan 8 dona “iPhone 17 Pro”, 87 dona “iPhone 17 Pro Max”, jami 95 dona telefon aniqlangan.

Vaqtincha saqlovga olingan ushbu mobil qurilmalarning dastlabki qiymati 1 milliard 913 million so‘mni tashkil etadi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA