"Uzbekistan Airports" AJ ma’lumotlariga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoiti sababli Toshkent aeroportida bir qator yo‘lovchi reyslari parvozi kechiktirildi va ayrim reyslar bekor qilingan.
Kechiktirilgan reyslar ro‘yxati:
HY9685 "Toshkent - Sochi" mahalliy vaqt bilan 10:12 da jo‘nab ketdi;
HY011 "Toshkent - Nukus" mahalliy vaqt bilan 10:30 ga qoldirildi;
TK369 "Toshkent - Istanbul" mahalliy vaqt bilan 10:35 ga qoldirildi;
HY271 "Toshkent - Istanbul" qatnovi mahalliy vaqt bilan soat 11:00 ga qoldirildi;
HY065 "Toshkent - Termiz" mahalliy vaqt bilan soat 14:00 ga qoldirildi.
Shuningdek, «Andijon - Samarqand - Andijon» yo‘nalishi bo‘yicha HY049/HY050 reyslari, «Buxoro - Namangan - Buxoro» yo‘nalishi bo‘yicha HY73/74 reyslari ham noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilingan.
HY091/HY092 «Toshkent - Andijon - Toshkent» reysi esa o‘zgartirilgan jadvalga muvofiq Toshkentdan mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da amalga oshiriladi, Andijon aeroportiga yetib kelish soat 14:00. Qaytish reysi mahalliy vaqt bilan soat 16:20 ga belgilangan.
Bundan tashqari, "Uzbekistan Airways" HY9605 «Samarqand - Moskva», HY639 «Samarqand - Sankt-Peterburg» yo‘nalishidagi reyslarni ob-havo sharoiti tufayli soat 15:00 ga qoldirdi.
"Flydubai" aviakompaniyasining «Samarqand - Dubay» yo‘nalishi bo‘yicha FZ770 reysi soat 19:00 ga ko‘chirildi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, hozirda Samarqand aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagini tozalash ishlari munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish/jo‘natish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.
O‘zA