"Toshkent" aeroporti maxsus texnika parki yangi avtobuslar bilan to‘ldirildi
“Uzbekistan Airports” axborot xizmatining xabar berishicha, "Toshkent" aeroporti uchun Germaniyaning "Cobus Industries GmbH" ishlab chiqaruvchisidan yo‘lovchi tashuvchi 4 ta avtobus xarid qilindi.
Past polli Cobus 3000 avtobusi kompaniyaning eng katta modelidir. Avtobusning uzunligi deyarli 14 metr va eni 3 metr bo‘lib, 10 o‘tirgan va 94 tik turgan holda — 104 yo‘lovchini sig‘dira oladi. Ushbu model polni ko‘tarish va tushirish uchun pnevmatik tizim bilan jihozlangan.
Yo‘lovchilarni olish va tushirishdan oldin avtobus polini pastga tushirish yoki ko‘tarish mumkin. Bu xususiyat chamadonli, bolalar aravachasi va nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilarga avtobusga chiqish va undan tushishni osonlashtiradi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA