Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toshkent-2025” o‘yinlariga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi 
10:20 / 2024-10-11

Milliy olimpiya qo‘mitasida Osiyo olimpiya kengashining IT audit va media bo‘limi ishchi guruhi hamda “Bornan Sports Technology” kompaniyasi vakillari ishtirokida “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Osiyo olimpiya kengashining IT audit va media bo‘limi hamda “Bornan Sports Technology” kompaniyasi vakillari kompleks musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda raqamli texnologiyalar bilan ishlash borasidagi tavsiyalarini bildirib o‘tdi. 

Mehmonlar Osiyo o‘yinlarining piar va marketing yo‘nalishlari borasida o‘z taqdimotlarini namoyish qildi. Muloqot davomida o‘yinlar shiori bo‘yicha qator namunalar ko‘rsatilib, ularning mazmuni ochib berildi. 

OOK Axborot texnologiyalari departamenti vakili Naqvi Ahmed Aftab o‘z taqdimotida Osiyo o‘yinlarining har bir ishtirokchisi Toshkent aeroportiga qadam qo‘yishi bilanoq musobaqa nafasini sezishi kerakligini alohida ta’kidladi. Buning uchun shahardagi ko‘plab nuqtalarni musobaqaning shior va ramzlari bilan bezatish xususida manzilli xarita ishlab chiqish lozimligi aytib o‘tildi. 

Bunda o‘zbek xalqiga xos milliy an’analar, xalqimizning madaniyat va san’atiga oid atributlardan foydalanish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, o‘yinlarning piar strategiyasini yaratish, turli fleshmoblar o‘tkazish, bu orqali “Toshkent-2025”ning boshqa o‘yinlardan alohida ajralib turadigan imijini yaratish masalasida fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA