Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Toshkent-2025» marosimlarini Olimpiya va Osiyo o‘yinlari tashkilotchilari sahnalashtiradi
18:48 / 2024-04-26

Qit’a yoshlari o‘rtasida o‘tadigan "Toshkent-2025" Osiyo o‘yinlari tantanalarini uyushtirishda ishtirok etadigan «Zhejiang Dafeng Industry Co.,Ltd” kompaniyasi o‘z vaqtida "Pekin-2022" qishki Olimpiya va "Xanchjou-2022" yozgi Osiyo o‘yinlari, shuningdek ko‘plab yirik sport tadbirlarining tantanali ochilish hamda yopilish marosimlarini sahnalashtirgan.

Bugun, 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligida mazkur kompaniya mutasaddilari bilan «Toshkent-2025» o‘yinlarining bir qator jihatlari, ochilish va yopilish tantanalari, sport turlari bo‘yicha o‘tadigan musobaqalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish borasida ishlab chiqilgan loyihalar muhokama qilindi.

Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov va Gevin Feng boshchiligidagi «Zhejiang Dafeng Industry Co.,Ltd” Xitoy kompaniyasining rahbariyati ishtirokida o‘tgan muloqot davomida Osiyo o‘yinlarining marosimlari, sport majmualarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash masalalari ko‘rib chiqildi. 

Uchrashuv chog‘ida "Toshkent-2025" bahslari jarayonida boy madaniy merosimiz, uzoq asrlarga borib taqaladigan davlatchiligimiz tarixi va Vatanimizning yorqin kelajagini ifodalash, muxlislarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish borasida fikrlar ilgari surildi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA