Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshio Nakagava: Yaponiya COVID-19ning oltinchi to‘lqiniga kirdi
18:28 / 2022-01-06

Yaponiya shifokorlar assotsiatsiyasi rahbari Toshio Nakagava mamlakat koronavirus infeksiyasining oltinchi to‘lqiniga kirganini aytdi.

Bugun Yaponiyada sentyabr oyining o‘rtalaridan beri birinchi marta 4475 ta yangi koronavirus holati aniqlandi. Bu avvalgi kunga nisbatan qariyb ikki baravar, ikki kun oldingiga qaraganda to‘rt barobar ko‘pdir.

Okinavada kuniga 981 ta holat aniqlangan. Yamaguti prefekturasida — 181 ta holat. Ikkala prefektura uchun ham bu pandemiya davridagi eng yuqori darajadir. Xirosima prefekturasida 273 ta holat aniqlangan.

Shu bilan birga, haftasiga o‘rtacha kasallanish sonining o‘sishi Tokioda 3,02 marta, Okinavada 6,95 marta, Yamagutida 11,11 marta, Xirosimada 24,69 martani tashkil qilgan. Uch prefektura — Xirosima, Yamaguti va Okinava hukumatdan koronavirusga qarshi kurashda kuchaytirilgan chora-tadbirlar rejimini joriy etishni so‘ragan.

Yaponiyada pandemiya boshlanganidan beri 1,74 million kishi kasal bo‘lib, 18,4 ming kishi vafot etgan.

Ulug‘bek Mahmirzayev