Toshboyev Bahrom Saidkulovichning filologiya fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“X-XIII asrlarda fors-tojik tilida yaratilgan tarixiy asarlarda leksik birliklar etimologiyasi” mavzusida
Toshboyev Bahrom Saidkulovichning 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti) ixtisosligi bo‘yicha “X-XIII asrlarda fors-tojik tilida yaratilgan tarixiy asarlarda leksik birliklar etimologiyasi” mavzusidagi filologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 6 noyabr kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15. Samarqand davlat universiteti bosh o‘quv binosi, 105-xona.
Tel.: 239-11-40; faks: (8366) 239-11-40.
e-mail: rector@samdu.uz