Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tosh kuch”da kuchlilar saralandi
17:11 / 2021-06-14

Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi “Tosh kuch” sport majmuasida professional boks bo‘yicha reyting janglari bo‘lib o‘tdi.

Professional boks musobaqasining asosiy bahsi 66,7 kg vaznda toshkentlik Azim Yusupov va farg‘onalik Dilmurod Usmonov ishtirokida o‘tkazildi. O‘z vaqtida havaskor boksda bir necha xalqaro turnirlar g‘olibi, Toshkent shahar chempioni bo‘lgan Azim Yusupov 5 raundlik jangning birinchi raundidayoq raqibidan ancha ustun ekanligini namoyish etib, g‘oliblikka erishdi va professional boksdagi o‘zining to‘rtinchi g‘alabasini nishonladi.  

Musobaqa jarayonida shuningdek, Ahmadbek Mamajonov, Bekzod Saparbayev, Xusan Yuldashev o‘z vaznlarida muvaffaqiyatga erishishdi.

Sport tadbiri tashkilotchilaridan biri “Ruslan-bohing” promuoterlik kompaniyasi rahbari R. Dadaboyevning bildirishcha, ushbu professional boks musobaqasi ko‘plab yoshlarning iqtidorini namoyish qilish hamda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rish uchun munosib maydon bo‘lib xizmat qildi.

 

O‘zA