Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘rtko‘lda 500 ga yaqin oilaning muammosi o‘rganildi
12:10 / 2022-12-11

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, 2-sektor rahbari E.Tadjiyev tomonidan “Mehr harakati” doirasida To‘rtko‘l tumanida aholining turmush darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi eng dolzarb masalalarni hal etish uchun ishchi guruh tashkil qilindi.

Ishchi guruh tomonidan tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlari, aholi yashash xonadonlarining qish mavsumiga tayyorgarligi, ular uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, shu jumladan, ichimlik suvi, elektr energiyasi hamda gaz ta’minoti yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.  

O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, 500 ga yaqin oilada turli darajadagi muammolar, asosan ko‘mir, suyultirilgan gaz, uy joyini ta’mirlash, issiq kiyim-kechak, maishiy texnika vositalari, dori va oziq-ovqat mahsulotlariga talab borligi aniqlandi. Ushbu muammolarni tez kunda bartaraf etish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.  

bugungi kunga kelib, 111 ta xonadonga 6 ming 480 kilogramm suyultirilgan gaz, 34 tonna ko‘mir, 78 ta xonadonga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsuloti, qishki kiyim-kechak, 55 ta xonadonga 10 turdagi dori-darmon mahsuloti yetkazilib, tibbiy xizmat ko‘rsatildi.  

Shuninglek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan, yakka- yolg‘iz yashovchi va boquvchisini yo‘qotgan R.Qazaqova, S.Gaipova hamda Ya.Bekchanov xonadonlariga borildi. Ularga kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan kiyim-kechak, oziq-ovqat, maishiy texnika vositalari topshirildi.  

Dovud Abibullayev, O‘zA