Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘rtko‘l tumanidagi kanalda suv bosimi oshgani natijasida 8 ta xonadonga zarar yetgan
12:24 / 2023-02-25

Ijtimoiy tarmoqlarda To‘rtko‘l tumanidagi kanalda suv bosimi ortishi oqibatida uylarni suv bosgani aks etgan suratlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.  

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 24 fevral kuni soat 04:00 atrofida To‘rtko‘l tumanidagi "Kalta minor-1" xo‘jaliklararo kanalda 192-piketda yon tomondan (to‘g‘on) suv tushishi natijasida hududdagi uylar va binolar shikastlangan.  

Ishchi kuchlari va maxsus texnika safarbar qilinib, ertalab soat 7:00 da kanaldan suv chiqqan joy butunlay yopilgan.  

Suvning yuvilishi va kanal qirg‘oqlarining qulashi natijasida 8 ta xonadonning uy-joylari va 2,5 gektar ekin maydonlari zarar ko‘rgan.  

Qayd etilishicha, To‘rtko‘l tumani sug‘orish boshqarmasi balansidagi "Kalta minor-1" kanalining quvvati 18 m3/sekund bo‘lib, shu kuniyoq kanalga 13 m3/sekund suv ochilgan. Bu kanal suvga to‘lib ketmayotganini ko‘rsatadi.  

O‘zA