To‘rtko‘l tumanida tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi
Sudning qaroriga asosan qarzdor “T.T.Y.F” UK dan undiruvchi “Sh.Y.Q“ MCHJ foydasiga jami 146,9 mln. so‘m undirish belgilangan. Undiruvchi Majburiy ijro byurosining To‘rtko‘l tuman bo‘limiga murojaat qilgan va bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Jumladan, sud qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorning asosiy bank hisob raqamiga elektron inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan. Shuningdek, qarzdorga tegishli bo‘lgan “SINOTRUK GOLDEN PRINCE” yuk avtomashinasi tegishli tartibda xatlangan.
Natijada, avtomashinasini boy berishni istamagan qarzdor 146,9 mln. so‘m qarzdorlikni to‘liq to‘lab berdi va ushbu mablag‘ undiruvchi MCHJning hisob raqamiga o‘tkazildi.
O‘zA