French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘rt yillik front, texnologiya va murosaga chaqiriq...
13:19 / 2026-02-26

2022-yil 24-fevralda boshlangan Rossiya – Ukraina nizosi to‘rt yilni ortda qoldirdi. O‘tgan davr mobaynida mojaro harbiy jihatdan ham, xalqaro siyosat nuqtai nazaridan ham yangi bosqichga o‘tdi.

Tahlilchilarga ko‘ra, 2026-yilga kelib,jangovar harakatda dron hal qiluvchi omilga aylandi. FPV (first-person view) rusumli uchuvchisiz qurilmalar front chizig‘ida an’anaviy texnika harakatini keskin cheklagan. Natijada tank va zirhli mashinalar ochiq hududda emas, balki ko‘proq muayyan masofadan artilleriya vazifasini bajarishga majbur bo‘lmoqda. Qayd etishicha, dron endi nafaqat razvedka, balki aniq zarba vositasi ham. Boshqacha aytganda, harbiy amaliyot yuqori texnologiyaga tayangan asimmetrik qarama-qarshilik shakliga ko‘chgan.

Ziddiyatning to‘rt yilligi kuni munosabati bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlikka doir rezolyutsiya qabul qildi. Hujjatda Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi qo‘llab-quvvatlanib, harbiy harakatni to‘xtatish, muammoni diplomatiya yo‘li bilan hal qilish zarurligi ta’kidlangan. Rezolyutsiyani 100 dan ziyod davlat qo‘llab-quvvatlagan. Ayrim davlatlar betaraf qolgan.

Thousands protest in Berlin against Russia's war on Ukraine

Ayni payt Germaniyaning Berlin va Brandenburg shaharlarida uyushtirilgan Kiyev bilan hamjihatlik aksiyasida Ukraina bayroqlari ko‘tarilib, urushni to‘xtatish va xalqaro huquqni hurmat qilishga chaqiriqlar yangradi. Kanada hukumati esa to‘rt yillik sana munosabat bilan Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam ajratilishi, RFga qarshi sanksiya kuchaytirilishini ma’lum qildi. Xabarlarga ko‘ra, navbatdagi cheklov qarori mudofaa tizimi vositalari va moliyaviy amaliyotni nazarda tutadi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘z chiqishida mamlakatning yadroviy yo‘nalishdagi qarashini ifodalagan. Mazkur bayonot xorijiy ekspertlar tomonidan strategik signal sifatida baholanmoqda.

Putin rages against West in speech decried as absurd propaganda |  Russia-Ukraine war News | Al Jazeera

Xullas, oxirgi to‘rt yil frontda texnologiya ustunligi, ayniqsa dron omili kuchaydi. Qolaversa, xalqaro maydonda tinchlikka chaqiriq, sanksiya va harbiy ko‘mak masalasi hamon dolzarb. Ya’ni, mojaro ikki yonma-yon uchayotgan o‘q misoli – harb va diplomatiya usulida davom etmoqda. Tinchlikka erishish imkoniyati muhokamasi tinmasa-da, yondashuvlar o‘rtasidagi farq yo‘qolmayapti. Shu tariqa, Rossiya – Ukraina nizosi nafaqat mintaqaviy, balki global xavfsizlik uchun ham muhim sinov bo‘lib qolmoqda.

D.Hakimov, O‘zA