Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘rt yildan buyon xalq xizmatida
18:44 / 2021-12-10

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 12 dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning milliy tizimi tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilib, tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari Davlat xizmatlari markazlariga aylantirilgan edi. Ayni paytda mazkur markazlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga 160 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

- Davlat xizmatlari markazlari bugun xalqimizning hayotiy va kundalik ehtiyojlarini qondirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan tuzilmaga aylandi, - deydi Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Maqsud Qurbonov. 

- Xususan, joriy yilning o‘n bir oyida davlat xizmatlari markazlariga 650 mingdan ziyod murojaat qayd etildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 150 mingtaga ko‘p demakdir. Fuqarolar davlat xizmatlaridan ortiqcha ovoragarchiliksiz, yashash joyidan qat’iy nazar, eksterritorial tamoyil asosida foydalanishi, murojaati bo‘yicha bepul huquqiy maslahatlar olishi mumkin.

Mazkur xizmatlar viloyatdagi barcha tuman va shaharlarda zamon talablari asosida bunyod etilgan 16 ta Davlat xizmatlari markazlari, ularning olis va chekka hududlardagi 8 ta filiallari orqali ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, 22 ta FHDYO bo‘limi, 1 ta Nikoh uyi va 1 ta FHDYO arxivi xalq xizmatida. Bundan tashqari, viloyat aholisining davlat xizmatlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda tuman markazlaridan 100 kilometrlab uzoqlikda joylashgan qishloqlardagi 31 ta pochta aloqa bo‘limlarida ham elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.

Ta’kidlash kerakki, jismoniy va yuridik shaxslarga samarali, tezkor va aniq xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida joylarda davlat xizmatlari filiallari tashkil etilishi ushbu yo‘nalishdagi ishlarning izchil amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi. Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bugungi kunda viloyatda tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari bilan birga filiallarning ham xizmat ko‘rsatayotgani tuman markazlaridan uzoq masofada joylashgan aholi yashash joylaridagi fuqarolar, tadbirkorlarga yengillik yaratmoqda. Eng muhimi, bugun nafaqat markazlarda, balki qishloq joylarda ham davlat xizmatlaridan foydalanish borasida sezilarli o‘sish kuzatilmoqda.

Aytish joizki, davlat xizmatlarining turi va ko‘rsatilish reglamenti ham tizimli ravishda qisqartirilayotgani xalqimizga yanada qulaylik yaratmoqda. Buni birgina FHDYO bo‘limlari faoliyatiga tatbiq qilingan kompozit xizmatlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Viloyat aholisi birgina tug‘ilishni qayd ettirish orqali farzandini bolalar poliklinikasiga ro‘yxatga qo‘yish, turar joyi bo‘yicha hisobga olish, bir martalik nafaqa pulini tayinlash hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish xizmatlaridan bir vaqtning o‘zida foydalanayotganidan mamnun. Ayni qulaylik ularni 4-5 ta idoralarga borishdan, ortiqcha vaqt va pul sarflashdan xalos qilmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi boshchiligida viloyatning barcha hududlarida o‘tkazib kelinayotgan “Markaz-mahalla-fuqaro” tamoyili, “O‘zimiz keldik”, “Siz kelmang, o‘zimiz boramiz”, “Davlat xizmatlari - mahallada” singari turli aksiya va loyihalar ham xalqimizning barcha qatlami ushbu xizmatlardan bekamu ko‘st foydalanishiga imkoniyat yaratmoqda. Natijada 20 188 dan ortiq davlat xizmatlari sayyor tartibda ko‘rsatildi. 900 yuzdan ziyod tadbirkorlik sub’ektlari ham sayyor tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

2018 yilda viloyatda yangi tizim orqali jami 478 678 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. 2021 yilga kelib bu ko‘rsatkich bir necha barobarga oshdi, ya’ni yilning to‘qqiz oyida fuqarolarga 592 614 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Tahlillar bir kunda viloyatdagi Davlat xizmatlari markazlari o‘rtacha 2000 dan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatayotganini ko‘rsatmoqda.

G‘.HASANOV, O‘zA