Avstriya to‘rt nafar rossiyalik diplomatni persona non grata – ma’qul bo‘lmagan shaxs, deb e’lon qildi va ularga 9 fevralgacha mamlakatni tark etishlari bildirildi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Haydalayotganlardan ikki nafari Rossiyaning Venadagi elchixonasi diplomati va qolgani Birlashgan Millatlar Tashkilotining Avstriyadagi tashkilotlari vakolatxonalaridan birining xodimlaridir.
Avstriya TIV hujjatida ikki diplomatni “diplomatik maqomga mos kelmaydigan harakatlar”da va Rossiyaning BMT tashkilotlari vakolatxonalari missiyasining ikki xodimi “qarorgoh to‘g‘risidagi kelishuvga mos kelmaydigan harakatlar”da ayblanadilar, deyiladi.
Oxirgi marta Avstriya Rossiya vakolatxonalari xodimlarini 2022 yilning aprelida chiqarib yuborgan edi. O‘shanda Venadagi elchixonaning uch xodimi va Zalsburgdagi Bosh konsullikning bir diplomati Rossiyaga qaytarib yuborilgan edi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu amallarga javoban Avstriya Moskvadagi elchixonasining to‘rt diplomatini mamlakatdan chiqargan edi.
Bu voqeadan bir kun avval Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellen Kiyevga tashrif buyurib, Prezident Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazgani aytiladi.
O‘zA