English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘rt nafar atletimiz jahon chempionligi uchun bahslashadi
15:26 / 2025-09-28

Hindistonning Nyu-Deli shahrida para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kun doirasida O‘zbekiston terma jamoasining to‘rt nafar a’zosi final bellashuvlarida ishtirok etadi.

Jadvalga muvofiq, sportchilarimiz quyidagi dasturlarda o‘z mahoratlarini namoyish etadilar:

Abdulaziz Abduxakimov — (F32 toifasi, bulava uloqtirish), final;

Yorqinbek Odilov — (F57 toifasi, nayza uloqtirish), final;

Omadbek Hasanov — (F47 toifasi, uzunlikka sakrash), final;

Zohira Kazakova — (F37 toifasi, yadro uloqtirish), final.

Eslatib o‘tamiz, kechagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi hisobi  2 ta kumush va 1 bronza medal bilan to‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA