Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toronto turnirida Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rinni egalladi
09:36 / 2023-12-15

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov umumiy mukofot jamg‘armasi 500 ming AQSH dollaridan iborat "Champions Chess Tour Finals" turniridagi ishtirokini yakunladi.

Kanadaning Toronto shahrida dunyoning eng kuchli 8 nafar shaxmatchisi ishtirokidagi turnirda hamyurtimiz Abdusattorov yarim finalgacha bo‘lgan bahslarni muvaffaqiyatli o‘tkazdi.  

Kecha "Champions Chess Tour Finals" xalqaro turnirining yarim finalidagi so‘nggi o‘yinni Nodirbek amerikalik Uesli Soga qarshi o‘tkazdi.  

Mazkur uchrashuvning 1-turida Abdusattorov g‘alabaga erishgan edi. Kecha o‘tgan 2-turda 2,5:1,5 hisobida yengildi hamda hal qiluvchi bahs bo‘lgan 3-turda ham kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va xalqaro turnirni 3-o‘rin bilan yakunladi.  

Yarim finalning ikkinchi juftligidagi Magnus Karlsen — Fabiano Karuana uchrashuvida Karlsenga omad kulib boqdi.  

Endi Karlsen va So final musobaqasida kuch sinashadi. Nodirbek Abdusattorov va Fabiano Karuana "Champions Chess Tour Finals" turnirini 3-o‘rin bilan yakunlagan holda 50 ming AQSH dollariga ega chiqdi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA