Torkunov Anatoliy Vasilyevichni Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, gumanitar sohadagi koʻp yillik samarali hamkorlikni hamda akademik va ilmiy-taʼlim almashuvlar boʻyicha uzoq muddatli dasturlarni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlashdagi shaxsiy hissasi, shuningdek, xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi bevosita ishtiroki uchun Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori Torkunov Anatoliy Vasilyevich Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev