To‘rayev Sherzod Baxodirovichning kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Alifatik karbon kislotalarning ftalimidoalkil efirlari sintezi va xossalari” mavzusida
To‘rayev Sherzod Baxodirovichning 02.00.03 – organik kimyo ixtisosligi bo‘yicha “Alifatik karbon kislotalarning ftalimidoalkil efirlari sintezi va xossalari” mavzusidagi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy Universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DsC.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 18-aprel kuni soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 10174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy O‘zbekiston Milliy universiteti, kimyo fakulteti, 2-qavat, 208-xona.
Tel.: (998 71) 227-12-24; faks: (998 71) 246-53-21;
ye-mail: chem0102@mail.ru