Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘raqo‘rg‘onlik yoshlar uyli bo‘ldi
18:48 / 2024-06-02

Prezident qarori amalda!

Mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyil asosida moddiy ko‘makka muhtoj kishilarni rag‘batlantirish hamda ularning muammolarini bartaraf etish va turmush farovonligini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Prezidentimizning 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Yetim bolalarni ijtimoiy himoyalashda tizimli ishlash uchun “Mehr daftari” joriy etildi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyatida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, To‘raqo‘rg‘on tumanining Oqtosh mahallasida yashovchi, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, turar-joyga muhtoj Muhibillo Abdug‘aniyev  va Mirjalol Turg‘unboyev uy-joy bilan ta’minlandi.

To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Ahrorbek Mansurov boshchiligidagi sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar ishtirokida ularga yangi uyning kaliti va sertifikati tantanali ravishda tuhfa qilindi.

– Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan boshim ko‘kka yetdi, – deydi yangi uy sohibi Muhibillo Abdug‘aniyev. – Inson qadri ulug‘lanayotgan Yangi O‘zbekiston farzandi ekanligimdan faxrlanaman. Kelgusida o‘zim tanlagan sohaning malakali mutaxassisi bo‘lib, ko‘rsatilgan ehtiromga munosib bo‘lishga, Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farvonligini oshirish yo‘lida astoydil mehnat qilaman.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.