Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘raqo‘rg‘onlik pillakorlar rejani ortig‘i bilan bajardi
13:57 / 2023-05-26

To‘raqo‘rg‘onlik pillakorlar pilla hosilini yetishtirish rejasini ortig‘i bilan bajardi. Xususan, ular 184 tonnalik xirmon ko‘tarib, joriy yil zafar marrasiga yetib keldi. 2900 nafar pillakor tomonidan 3390 quti ipak qurti parvarishlanib, 198 tonnadan ziyod qimmatbaho sanoat xom ashyosi yetishtirildi.

Jumladan, “Fozilbek Abdulxodiyev”, “Hamroqulov Bahriddin”, “Komilov Tursunboy”, “Mamadaliyev Oybek” fermer xo‘jaliklari katta xirmonga arzirli hissa qo‘shdi. 632 nafar kasanachi tomonidan 1030 quti qurt boqildi va 60255 kilogramm hosil ularning hissasiga to‘g‘ri keldi.    

Pillaning har kilogrammiga 32 ming so‘mdan haq to‘langani, kasanachilarga yillik ish staji hisoblanishi ham pillakorlar safi ortishi va hosilda baraka bo‘lishini ta’minladi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA