To‘raqo‘rg‘onda uch egizak dunyoga keldi
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Shohidon mahallasida yashovchi, 20 yoshli kelinchak Buhafiza Abdulmajidova tuman tibbiyot birlashmasi qoshidagi tug‘ruq bo‘limida bir yo‘la uch farzandni dunyoga keltirdi. Chaqaloqlarning ikki nafari qiz, bir nafari o‘g‘il.

Ayni vaqtda ona hamda chaqaloqlar sog‘lom. Ular shifokorlar nazoratida parvarishlanmoqda.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili To‘raqo‘rg‘on tumanida kamdan-kam uchraydigan holat – to‘rt egizak farzand tavallud topgan edi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.