French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘raqo‘rg‘onda murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
11:08 / 2021-10-05

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Oqtosh shaharchasidagi “Ifoda Agro Kimyo Himoya” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O‘zbekiston – Yaponiya qo‘shma korxonasi tarkibida murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi.

Umumiy qiymati 17 milliard so‘mni tashkil etgan korxona yiliga 30 ming tonna granula holidagi murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Tayyor mahsulot Yevropa va O‘rta Osiyo davlatlariga eksport qilinadi.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida 30 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

[gallery-4143]

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA