FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida joriy yilda 29 million AQSH dollarilik 28 ming tonna meva eksporti amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shundan 8 ming tonnasi gilos, 20 ming tonnasi xurmo bo‘lib, shu kungacha 22,7 million dollarlik ko‘rsatkichga erishildi. 7 mingdan ziyod aholi ushbu mavsumiy ish bilan band.
[gallery-20184]
Mahsulotlar Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Belarus kabi davlatlarga eksport qilinadi.
Tumandagi Katta Qo‘rg‘oncha mahallasida istiqomat qiluvchi bog‘bon Baxtiyor Mahmudov 1 gektarlik xurmo bog‘idan bu yil barakali hosil oldi.
- 400 tup xurmo daraxtimiz bor, - deydi Baxtiyor Mahmudov. - Xurmoning "tappak", "sariq" va "ofarin" navini ekkanmiz. Daraxtlarimiz yetti yillik bo‘lib, bu yil 15 tonnalik hosilni ko‘zlayapmiz. Bu - 60 million daromad degani. Mahsulotning barchasi eksportga jo‘natiladi.
Ayni kunlarda bog‘da pishib yetilgan hosilni yig‘ish ishlari avjida.
O‘zA fotomuxbiri
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar