FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida hududlarni obod qilish, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratishga qaratilgan tizimli ishlar bajarilmoqda.
Xususan, To‘raqo‘rg‘on tumanida Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida birgina ichki yo‘llarni yaxshilash uchun 12 milliard so‘m ajratilib, 15 ta mahallaning ichki ko‘chalari zamonaviy holga keltirildi.
[gallery-12920]
Ushbu ishlar Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 13 iyundagi tegishli farmoyishiga asosan davom ettirilib, 7 ta MFYda 8,4 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash uchun 4,3 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Hozirda Porosmon, Sharq, Kujron mahallalarida yo‘lsozlik ishlari yakunlandi.
Ayni paytda pudratchi tashkilot “401-XMKK” MCHJ tomonidan Hamid Olimjon mahallasidagi ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
- Ko‘chalarimizga 45 yil oldin asfalt qoplangan, - deydi mehnat faxriysi Rahmonberdi Rahimov. - Ta’mirtalab holga kelib qolgan yo‘lda harakatlanish aholiga ancha noqulayliklar tug‘dirayotgan edi. Shukrki, davlatimizning mahallalarni obod qilishga qaratayotgan e’tibori samarasi, yo‘llar sozlanib, ravon bo‘lmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA