Namangan viloyatida “Vatanparvarlik oyligi” ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Yoshlik” o‘yingohida tuman mudofaa ishlari bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi hamda bir qator huquqni muhofaza qilish idoralari hamkorligida oylik doirasida tashkil etilgan “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa mendurman o‘sha” shiori ostidagi harbiy vatanparvarlik festivali o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning faol hayotiy pozitsiyasini mustahkamlashga qaratildi.
Tadbirda To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Zulayho Mahkamova, viloyat mudofaa boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Elmurod Xo‘jiahmadov mazkur festival yosh avlodning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, qolaversa, O‘zbekistonning harbiy salohiyatini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Respublika Mudofaa vazirligi qoshidagi harbiy qism, shuningdek, viloyat ichki ishlar hamda favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, To‘raqo‘rg‘ondagi yoshlarni harbiyga tayyorlashga ixtisoslashgan “Qalqon” nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchilari tomonidan bir qator ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Harbiy orkestr jamoasi ijrosida yurtni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. Respublika va xalqaro arenalarda O‘zbekiston shonu shavkatini ulug‘layotgan to‘raqo‘rg‘onlik iqtidorli, chempion sportchilar o‘z mahoratlarini ko‘rsatdi.
Men anchadan buyon tanklarni ko‘rishni, harbiylar bilan suhbatlashishni orzu qilardim. bugungi festivalda bu niyatlarim amalga oshganidan xursandman. Bunday yirik tadbirlarni ko‘proq o‘tkazish tarafdoriman. Kelajakda harbiy bo‘lmoqchiman. Katta bo‘lsam, Milliy gvardiya saflarida O‘zbekistonga xizmat qilmoqchiman, – deydi “Qalqon” nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchisi Foziljon Mehmonjonov.
Uyushmagan, ya’ni o‘qish yoki ish bilan band bo‘lmagan yoshlar, harbiy qismlar xizmatchilari o‘rtasida tuman hokimi kubogi uchun futbol musobaqasiga start berildi. Unda yetti jamoa g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda. Musobaqada yuqori o‘rinlarni egallaydigan jamoalar oylik doirasidagi navbatdagi tadbirlarda munosib taqdirlanadi. Eng muhimi shundaki, festivalga kelgan ko‘p ming sonli o‘quvchilar Qurolli kuchlarimiz kuch-qudrati timsoli sanalgan harbiy texnikalar va zamonaviy qurol-aslahalar bilan tanishib, harbiylar bilan yaqindan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
To‘raqo‘rg‘onda harbiy festival: vatanga sodiq farzandlar Namangan viloyatida “Vatanparvarlik oyligi” ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA