Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘raqo‘rg‘on IES faoliyati – nazoratda
11:37 / 2023-01-26

Namangan viloyatida joylashgan To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi energiya ishlab chiqarish sohasidagi so‘nggi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalardan biridir. Mazkur korxonaning yurtimizdagi o‘xshash stansiyalar oldidagi ustunligi zamonaviy avtomatlashtirish standartlariga muvofiqligida.

Stansiyaning texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi sexi To‘raqo‘rg‘on IES ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtirilgan boshqaruviga mo‘ljallangan texnik va dasturiy vositalarning aniq harakati ustidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha ish olib boradi.  

Qishning sovuq kunlarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi nazorat-o‘lchov asboblari, shu jumladan, ochiq joylardagi uch mingdan ortiq, yopiq joylardagi ikki mingdan ortiq nazorat-o‘lchov asboblarining ishlashi yuzasidan tizimli, uzluksiz nazorat va ko‘rik o‘tkazish muhim hisoblanadi. 

Jumladan, ikkinchi energoblok tutun minorasining deyarli 40 metr balandligida joylashgan suv ta’minoti nasoslari datchiklari hamda isitish tizimi navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Har ikki soatda ikkinchi bug‘ turbinasi va qozon utilizatori xonasidagi nazorat-o‘lchov asboblari sozligi tekshirilmoqda. Mashinist-nazoratchilar esa elektr isitish ta’minoti shkaflari sozligini ko‘zdan kechirmoqda.  

– Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish va nazorat qilishga imkoniyat beradi, – deydi To‘raqo‘rg‘on IES texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi sexi Alisher Rayxanov. – Boshqaruvda inson omili kamayib, ishlab chiqarish jarayonida xatoliklar kamroq bo‘ladi.

Issiqlik elektr stansiyasida nazorat-o‘lchov asboblaridan to‘g‘ri foydalanish – ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlaydi.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA