To‘rabek Habibullayev jahon chempionatida terma jamoamizga kumush medal keltirdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha IBA jahon chempionatida To‘rabek Habibullayev kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak jahon chempionatining -92 kg. vazn toifasida To‘rabek Habibullayev so‘nggi hal qiluvchi final bahsini rossiyalik Muslim Gajimagomedov bilan jang qildi va kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, birozdan so‘ng musobaqadagi so‘nggi bokschimiz +92 kg. vaznda Arman Maxanov oltin medal uchun o‘tadigan bahsda David Surov (Rossiya) bilan jang qiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA