Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘ra Sulaymon uy-muzeyi tashkil etiladi
11:47 / 2021-10-07

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

–Xabaringiz bor, biz Guliston shahrida O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabini tashkil etdik. Bu dargohda bugun Halima opaning o‘nlab izdoshlari ta’lim olmoqda, zamonaviy bilimlarni egallamoqda.

O‘z vaqtida Halima Xudoyberdiyeva qatori ko‘plab iste’dodli ijodkorlarga ustozlik qilgan O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon Sirdaryoning fidoyi farzandi, haqiqiy kuychisi edi.

Nafaqat Sirdaryoda, balki butun mamlakatimizda bu ajoyib insonning nomini eshitmagan odam, uning dilbar she’rlari va qo‘shiqlari kirib bormagan xonadon yo‘q, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.

Bu ulkan ijodkorning adabiy merosini chuqur o‘rganish, yosh avlodimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy olamini yuksaltirish uchun Mirzaobod tumanidagi To‘ra Sulaymon yashab ijod qilgan xonadonda shoirning uy-muzeyini tashkil qilsak, el-yurtimiz, adabiy jamoatchiligimiz bu taklifni qo‘llab-quvvatlashiga ishonaman,– dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA