Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘ra Bobolov tadbirkorlarning muammo va takliflarini tingladi
17:13 / 2022-08-09

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilot va muassasalarning rahbarlari qatnashgan uchrashuvda 110 dan ortiq tadbirkor tijorat bankidan kredit olish, qurilishga ruxsat berish, olingan kredit mablag‘i muddatini uzaytirish kabi masalalarda duch kelgan 60 dan ziyod muammo va sohani rivojlantirish bilan bog‘liq 44 ta taklifni o‘rtaga tashladi.  

–Korxonamizda 120 kishi mehnat qilmoqda, – deydi Denov tumanidagi "Qurbonali Tekstil" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Qurbonali Kazakov. – Bizga lider tadbirkor sifatida “Ipoteka bank” ATIB viloyat filialidan 2 milliard so‘m kredit mablag‘i ajratilishi kerak edi. Tijorat banki 800 million so‘m ajratib bergan. Viloyat hokimidan qolgan 1,2 milliard so‘m kredit mablag‘ini ajratishda amaliy yordam so‘radik. Masalani mutasaddilar bilan shu yerning o‘zida muhokama etib, muammoning yechimini topib berdi.  

Ochiq muloqotda o‘rtaga tashlangan muammolarning 20 tasi joyida hal etildi. Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar uchun tegishli muddat belgilanib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,O‘zA