French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘ra Bobolov bemorlar holidan xabar oldi
17:01 / 2021-05-15

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Termiz filialida bo‘lib, shifoxonadagi sharoitlar bilan tanishdi.

Yuz o‘ringa ega tibbiyot markaz aholiga gematologik va transfuziologik yordam ko‘rsatish, shunday kasalliklarning oldini olish hamda ularni davolashga ixtisoslashgan. Bu yerda bemorlarga statsionar, ambulator tartibda xizmat ko‘rsatiladi.  Muassasa zamonaviy nur terapiyasi uskunalari bilan jihozlangan.  

Joriy yilda shifoxona uchun 150 o‘rinli yangi bino barpo etish, bu yerda bolalar onkologiyasi, bolalar va kattalar uchun onkogematologiya bo‘limlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Viloyat rahbari markazda yaratilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. Davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashdi. Ularga shifo tilab, Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan bayram sovg‘alarini topshirdi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA