French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘qsonga borsang ham, to‘qsonbosti ek
08:36 / 2022-09-24

Jizzax viloyatining deyarli barcha ekin ekib hosil olish mumkin bo‘lgan hududlarida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchilar o‘z tomorqasiga, fermerlar ekindan bo‘shagan maydonlariga to‘qsonbosti usulida ekin ekishga kirishilgan.

Hosildan bo‘shagan maydonlarga sovuqqa chidamli ekinlardan – sabzi, piyoz, sarimsoq piyoz, lavlagi, ko‘katlar ekilmoqda.

Mirzacho‘l tumani dehqonlari ham kuzning har bir kunidan unumli foydalanib, to‘qsonbosti usulida ekin ekishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada Prezidentimizning 2020 yil 15 oktyabrdagi “Sarimsoq piyoz hamda uto‘qsonbosti  usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mutaxassislari tomonidan aholi tomorqalarida amalga oshirilayotgan ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan amaliy seminar tashkil qilindi.

– To‘qsonbosti qilib sepiladigan sabzavot urug‘lari sarfi boshqa mavsumdagidan 20 foiz ko‘proq bo‘lishi kerak, – deydi tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi agronomi T.Hayitaliyev. – Urug‘ ekilgan egatlar ustidan chirigan mahalliy o‘g‘itlar, daraxt qipiqlari bilan ko‘rpa qilib yopish yoki shaffof polietilen plyonkalarini yopish sabzavot urug‘larini erta ko‘klamda barvaqt unib chiqib, jadal o‘sib-rivojlanishini ta’minlaydi. Shunda erta bahorda ekishga qaraganda hosil yetilishi 30-40 kungacha erta, hosildorligi esa 15-20 foiz ko‘p bo‘ladi.

Qish oxirlab borgan sari inson organizmining turli vitaminlarga taqchilligi sezilib qoladi. Ushbu vinaminlarni esa aynan to‘qsonbosti ekinlaridan olish mumkin bo‘ladi.

Seminarda aholining qiziqishlari o‘rganilib, tumandagi “Mirzadala” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi tomorqalarida to‘qsonbosti usulida ekin ekilishi ko‘zdan kechirilib, qo‘shimcha taklif va tavsiyalar berildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA