French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘qsonbosti ekinlar – mo‘l hosil garovi
15:29 / 2025-09-11

FOTOREPORTAJ

Xorazmda to‘qsonbosti ekinlari ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbirda bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari vakillari ishtirok etdi. 

Ta’kidlanganidek, to‘qsonbosti usulida ekin ekish erta bahorda arzon va mo‘l sabzavotlarni yetishtirish barobarida, kundalik oziq-ovqat mahsulotlari tanqis “ilik uzildi” paytida aholini vitaminli mahsulotlar bilan ta’minlash, eksport imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi. Buning uchun agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.

[gallery-25252]

Seminarda ishtirokchilarga har qarich yerdan xususan, bog‘ qator oralari, dala chetlari va bo‘sh yer maydonlaridan samarali foydalanish va xaridorgir mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi. 

O‘zA 
Behzodbek SAIDOV (surat)