Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘qqiz milliard so‘m kreditni o‘zlashtirgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi
15:26 / 2023-03-06

“Kh.S.” va “A-B.” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari rahbari N.S. va boshqalar bank filiali sobiq boshqaruvchisi R.M. bilan o‘zaro til biriktirib, boshqa bankda garovda turgan mulklarni qalbaki hujjatlar asosida takroran garovga qo‘yish orqali kredit ajratilishiga erishgan.

Tadbirkorlik va chorvachilik faoliyatini rivojlantirish uchun berilgan 9 milliard so‘m esa boshqa hisob raqamga o‘tkazilib,  naqdlashtirilgan va talon-toroj qilingan.      

Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tumani bo‘limi tomonidan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki Piskent filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlandi.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 28, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 

O‘zA