Hindistonning Nyu-Dehli shahrida “World Boxing” tashkiloti kubogida O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar vakili final bosqichida ringga ko‘tariladi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, mazkur musobaqada Asilbek Jalilov, Samandar Olimov, Javohir Abdurahimov, Jasurbek Yo‘ldoshev, Nusratbek Tohirov, Halimjon Mamasoliyev, Farzona Fozilova, Aziza Zokirova hamda Oltinoy Sotimboyeva kabi charm qo‘lqop ustalarimiz yarim final bosqichida g‘alaba qozonib, oltin medal uchun raqobatlashadigan bo‘ldi. Afsuski, 1/2 finalda imkoniyatni boy berib qo‘ygan Gulsevar G‘aniyeva, Dilshod Abdumurodov, Adham Muhiddinov va Muhammadazizbek Ismoilov bronza medal bilan taqdirlandi.
Bugun 20 noyabr kuni mazkur musobaqaning final bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etadigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishasiz:
Erkaklar:
-50 kg: Asilbek Jalilov – Mandengbam Jadumani Singx (Hindiston)
-55 kg: Samandar Olimov – Bartval Pavan (Hindiston)
-75 kg: Javohir Abdurahimov – Mishal Yarlinskiy (Polsha)
-85 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev – Sultanbek Aybaruli (Qozog‘iston)
-90 kg: Nusratbek Tohirov – Isaak Okoh (Angliya)
+90 kg: Halimjon Mamasoliyev – Narender (Hindiston)
Ayollar:
-48 kg: Farzona Fozilova – Minokshi (Hindiston);
-70 kg: Aziza Zokirova – Choudhari Arundhati (Hindiston) ;
+81 kg. Oltinoy Sotimboyeva – Nupur (Hindiston)
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA