Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida 2026 yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi
10:08 / 2025-09-23

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlarni jadallashtirish va eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida 2026 yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib quyidagilar belgilandi: 

a) ishlab chiqarish hajmi 9 foizga o‘sishini ta’minlash va 146 trillion so‘mga yetkazish; 

b) sohaga 2 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

v) eksportni 3,3 milliard AQSH dollariga yetkazish; 

g) sohada amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida 50 mingta ish o‘rinlarini yaratish. 

Qarorga muvofiq, paxta-to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari doirasida qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali 2022-2023 yillar paxta hosiliga ajratilgan kreditlardan qarzdorligi mavjud bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlari bo‘yicha: 

a) garov ta’minotini mol-mulk bilan to‘liq ta’minlagan klasterlarga 2025 yil 1 avgustdan boshlab faqat asosiy qarzni to‘lashga hamda asosiy qarz tugagandan keyingi 12 oyda teng ulushlarda foiz to‘lashga ruxsat etiladi;

b) amaldagi to‘lov grafigi bo‘yicha ham asosiy qarz, ham foizini o‘z vaqtida to‘lagan klasterlarga ushbu kreditlar bo‘yicha Jamg‘armaga joriy yil 1 avgustdan keyin undirilgan foiz summasining ellik foizi qaytarib beriladi; 

v) 2025 yil 1 avgust holatiga to‘lanmagan foizlarga hisoblangan penya summalari hisobdan chiqariladi; 

g) 2025 yil 1 avgustga qadar to‘lanmagan foizlar uchun undirilgan penya summalari to‘liq ravishda kredit bo‘yicha asosiy qarzni kamaytirishga, asosiy qarz mavjud bo‘lmagan taqdirda, amaldagi boshqa kreditlarning asosiy qarzini qoplashga yo‘naltiriladi; 

d) tijorat banklari tomonidan 2025 yil 1 avgustga qadar undirilgan va asosiy qarzni kamaytirgan holda Jamg‘armaga yo‘naltirilgan penya summalari Davlat byudjetidan Jamg‘armaga ajratilgan ssudaning to‘lov grafigidagi summani kamaytirish hisobiga chegirib tashlanadi. Chegiriladigan summa Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi. 

2025 yil paxta hosilini nobud qilmasdan, o‘z vaqtida terib olishni ta’minlash maqsadida fermer xo‘jaliklariga ular tomonidan qayta ishlovchi korxonalarga, shu jumladan, klasterlarga birja savdolari orqali sotilgan (elektron hisob-faktura rasmiylashtirilgan) har bir tonna paxta xomashyosi uchun bir million so‘mdan subsidiya ajratiladi. 

Klasterlar va tarmoq korxonalari o‘z mablag‘i hisobidan paxta yetishtirsa yoki xarid qilsa, xomashyo qiymatining 10 foizi miqdorida qoplab beriladi. 

2026 yildan boshlab paxta hosili uchun Jamg‘armadan beriladigan imtiyozli kreditlar faqat paxta tolasini qayta ishlash quvvatlari mavjud yoki ip- yigiruv korxonalari bilan kooperatsiya tizimini yo‘lga qo‘ygan klasterlarga ajratiladi.

2025 yil 1 sentyabrdan uch yil muddatga klasterlar, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalariga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi. 

2026 yil 1 avgustga qadar xalqaro sertifikatga ega to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari soni 300 taga yetkaziladi.

O‘zA