Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari uchun imtiyozlar beriladi
09:46 / 2022-01-22

Joriy  yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvarga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan korxonalarga, mazkur loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda Jamg‘arma hisobidan subsidiya ajratiladi.

Bu haqda davlatimiz rahbarining joriy yil  21 yanvardagi "To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, mazkur hujjatga asosan, bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini hamda tarkibida sun’iy tola 80 foizdan yuqori bo‘lgan ip-kalava ishlab chiqarish uskunalarini xarid qiluvchi korxonalarga boshlang‘ich 15 foiz to‘lovni to‘lash uchun xorijiy valyutada 7 yil muddatgacha 3 yillik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi.

Ushbu hujjatda  2022 yil 1 iyulga qadar paxta tolasini majburiy avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi ishlab chiqilishi va ishga tushirilishi ham belgilab qo‘yilgan. 

O‘zA