Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘qimachilik va moda sanoati ko‘rgazmasi ish boshladi (+video)
14:19 / 2024-10-15

«O‘zekspomarkaz»da an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan Xalqaro «To‘qimachilik va moda sanoati» ko‘rgazmasi yurtdoshlarimiz, mahalliy va xorijiy kompaniyalar uchun keng imkoniyatlar maydonini taqdim etdi. To‘qqizinchi bor tashkil etilgan mazkur namoyish 15 oktyabrdan boshlanib uch kun davom etadi va bu yerda ko‘plab nufuzli brendlarni uchratishimiz mumkin.

Bugun yurtimiz dalalarida yetishtirilayotgan deyarli barcha paxta xom-ashyosi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qayta ishlanmoqda. Sanoat korxonalari soni ortib boryapti, kalava-ipdan tayyor kiyimgacha bo‘lgan zanjirni hosil qilgan yirik klasterlar ko‘payapti. Eksport hajmi yildan-yilga o‘sib bormoqda. O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari yangi bozorlarni zabt etyapti. Buni ko‘rgazmaga taqdim etilgan yuqori sifatli mahsulotlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin.  

UzTextileExpo ko‘rgazmasining asosiy vazifalaridan biri mahalliy to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash, «Made in Uzbekistan» brendi ostida tovarlarimizni jahon bozorlariga eksport qilish va targ‘ib qilishga ko‘maklashishdir.

Bu yil ko‘rgazmada 200ga yaqin xorijiy va 70 dan ortiq mahalliy kompaniyalar ishtirok etib, kalava-ip, mato, trikotaj, barcha yoshdagilar uchun kiyim-kechak, uy to‘qimachilik mahsulotlari va ko‘plab uskunalar namoyish etildi. Ayniqsa, xorijiy kompaniyalar tadbirga alohida qiziqish bildirmoqda.  

- Bizni kompaniya Qo‘qonda faoliyat yuritadi va tayyor tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaramiz, - deydi xorijiy kompaniya vakili Sandiip Beora. - Bugungi ko‘rgazmada keng assortimentdagi mineral o‘g‘itlarning namunasini olib kelganmiz. Bundan tashqari paxta yetishtirish agrotexnologiyalarini, biousulda mahsulot tayyorlash bo‘yicha ham o‘z faoliyatimizni namoyish etyapmiz.    

Ishbilarmonlik uchrashuvlarining maksimal qulayligi uchun maxsus muzokaralar maydonchasi tashkil etilgan bo‘lib, u yerda xaridorlar ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni bevosita muhokama qilishlari mumkin.  

Ma’lumot uchun aytish kerakki, UzTextileExpo ketma-ket uchinchi yil bahor va kuzda mutaxassislar uchun o‘z eshiklarini ochmoqda. Unda Belarus Respublikasi, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Hindiston kabi davlatlarning 100 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etyapti.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LP4o6B2_j5U" title="Toʻqimachilik va moda sanoati koʻrgazmasi ish boshladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shuningdek, ko‘rgazmada USAIDning biznesni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish dasturi doirasida stend namoyish etildi. U O‘zbekistonda paxta kalava-ipi, interer va uy to‘qimachilik mahsulotlari uchun matolar, butun oila uchun kiyim-kechak va aksessuarlarning keng assortimentini namoyish etadigan 16 ta kompaniyani yagona makonda birlashtirdi.

Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA