Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘qimachilik korxonalarining oqova suvlarini tozalash qiyin kechayotgani aytildi
15:10 / 2025-08-22

Turli ishlab chiqarish korxona va zavodlarining faoliyati davomida ekologik talablarga rioya qilinishi dolzarb ahamiyatga ega. Qolaversa, ishlab chiqarish korxonalarining yon-atroflarini ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.

Bu borada O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, partiya fraksiyasi rahbari Abdushukur Hamzayev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahridagi “Orient Ceramic” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur korxonada ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan keramik plitalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Import o‘rnini bosuvchi hamda eksportbop mazkur mahsulot deyarli 100 foiz mahalliy xomashyodan tayyorlanadi. Shu bois, bu yerda tayyorlanayotgan kafellar xorijnikidan arzon narxda ichki bozorga taklif etilyapti. Majmuada mingdan ortiq mutaxassis va ishchi mehnat qiladi.

A.Hamzayev ishlab chiqarish jarayonini ekologik talablarga rioya etgan holda tashkil etish lozimligi hamda korxona atrofidagi yashil hududlarni yanada kengaytirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, partiya yetakchisi aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha dasturlar ijrosi, drenaj tizimi bo‘yicha Sergeli tumanidagi “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJga qarashli Salar suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdi. 96 gektar maydonda joylashgan ushbu inshootda Toshkent shahrining 6 tumanidan kelgan oqova suvlar tozalanadi. Korxona 2013-2016 yillarda ta’mirlanib, qayta rekonstruksiya qilingan.

Muloqotda suv tozalash inshooti mutasaddilari matoni bo‘yash va to‘qimachilik korxonalaridan chiqadigan oqova suvlarni tozalash qiyinchilik tug‘dirayotganini bildirdi. Abdushukur Hamzayev albatta, bu muammoni bartaraf etish lozimligi hamda bu parlament va jamoatchilik nazoratiga olinishini ta’kidlab o‘tdi.

Partiya vakillarining mazkur o‘rganishlari joylardagi ekologiya bilan bog‘liq turli muammolarni barataraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

M.Komilova,

O‘zA