Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘qimachilik korxonalarida 7 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi
14:33 / 2022-09-26

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi va "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi raisi Bahrom Sharipov hamda "Dream cotton textile" klasteri rahbari Sherzod Jumayev Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi yangi ta’mirdan chiqqan paxta zavodi, ishlab chiqarish korxonalarining qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Ma’lumki, Qumqo‘rg‘on tumanidagi foydalanilmay yotgan eski paxta zavodi tumandagi "Dream Cotton Textile" klasteri tomonidan qayta ta’mirlanib, zavodda toladan kalava va chiqqan chigitni qayta ishlab, paxta yog‘i ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Ushbu yirik loyiha doirasida Denov tumanidagi "Denov dream textile" hamda Termiz shahridagi "Dream silk textile" korxonalari birlashgan bo‘lib, 2023 yilda paxta zavodida qayta ishlangan xom ashyolardan tayyor trikotaj maxsulotlarini zanjirsimon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.  

Jumladan, "Denov dream textile" korxonasida paxtadan mato to‘qish va uni bo‘yash ishlari amalga oshirilsa, "Dream silk textile" korxonasida matodan erkaklar ko‘ylagi, maxsus ish kiyimlari, tayyor trikotaj mahsulotlari, sport va yo‘l sumkalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. bugungi kunda har ikki korxonaning qurilish ishlari o‘z yakuniga yetib, foydalanishga shay holatga keltirilgan. Xorij mamlakatlaridan korxona faoliyati uchun zarur uskunalar keltirilib, montaj ishlari 99 foizga bajarilgan. 

Mazkur korxonalarda 6 ming 700 ta, shundan 5 ming 700t a mavsumiy 1000 ta doimiy ishchi o‘rni yaratiladi. 

Gulnoza Boboyeva,
O‘zA