Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘qimachilik korxonalari eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi
16:08 / 2025-11-10

Toshkent viloyatida to‘qimachilik hamda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi rahbari A.Abdurahmonov ishtirok etdi. U viloyatdagi yetakchi to‘qimachilik korxonalari faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarish jarayonlari va eksport imkoniyatlarini o‘rgandi.

Xususan, “LIMAX GOLD TEXTILE” MCHJ XK, “VINTAGE DENIM” MCHJ hamda “ELEGANT GARMENT TEXTILE” MCHJ XK korxonalarida o‘tkazilgan uchrashuvlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport salohiyati, tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilayotgan imtiyozlar hamda xalqaro standartlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga mahsulotlarni AQSH va Yevropa mamlakatlariga eksport qilish hajmini oshirish, xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni ta’minlash yo‘nalishida batafsil tushunchalar berildi.

Hamroz Bayanov,

O‘zA