Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toqayevning matbuot kotibi almashdi
10:28 / 2026-01-30

Qozog‘iston yetakchisi Qasim-Jomart Toqayev Ruslan Jeldibayni o‘z maslahatchisi lavozimidan ozod qildi. Shu bilan birga, prezidentning farmoyishi bilan Aybek Smadiyarov uning maslahatchisi - davlat rahbarining matbuot kotibi etib tayinlandi. Bu haqda Oqo‘rda xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Aybek Smadiyarov 1983 yil Olmaota shahrida tug‘ilgan, 2004 yilda Ablayxon nomidagi Qozog‘iston xalqaro munosabatlar va jahon tillari universitetini hujjatshunos-internatsionalist mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U ilgari mamlakat TIV tizimida va davlat rahbari ma’muriyatida ishlagan. Qozog‘istonning Vengriya va V’etnamdagi elchixonalarida diplomatik xizmatni o‘tagan. II darajali maslahatchi diplomatik martabasiga ega.

A.Smadiyarov 2025 yil 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda jurnalistlarga Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligidagi rasmiy vakil lavozimini tark etganini aytgan edi.

O‘.Alimov, O‘zA