English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toqayev Qozog‘istonning yangilangan harbiy doktrinasini tasdiqladi
15:42 / 2022-10-24

Hujjatda harbiy tahdid va xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatadigan zamonaviy sharoitlar hamda omillar ko‘rsatib o‘tilgan, deyiladi Mudofaa vazirligidan tarqatilgan xabarda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, 2021 yil 1 sentyabrda mamlakat yetakchisi e’lon qilgan murojaatida harbiy doktrinani islohot qilish zarurligini aytgan edi. Prezidentning ta’kidlashicha, mudofaa imkoniyatlarini mustahkamlash, tahdidlarga tezkor javob qaytarishga davlat darajasida ustuvorlik berilishi kerak. 
  
Hujjatda harbiy-siyosiy va harbiy-strategik sohalarda faoliyatning yangi yo‘nalishlari kiritilgan, harbiy sohada normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish uchun choralar ko‘rish hamda harbiy rejalashtirish tizimini joriy qilish bilan bog‘liq masalalar ham aks etgan, – deyiladi xabarda. 
  
Mudofaa vazirligidan ma’lum qilinishicha, hujjatda qurolli kuchlarning jangovar salohiyatini yuksaltirish maqsadida maxsus amaliyotlarni bajaruvchi kuchlarni rivojlantirish va ularning boshqa davlatlar maxsus topshiriqlarni bajaruvchi qismlari bilan hamjihatlikda harakat qilishini kengaytirish ham ta’kidlangan.