Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toqayev Qozog‘istonning mudofaa qobiliyatini oshirishni strategik vazifalardan biri, deb atadi
09:03 / 2023-05-07

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev yakshanba kuni harbiy xizmatchilarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi va mudofaa qobiliyatini doimiy ravishda oshirish respublikaning strategik vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Toqayev nafaqat harbiy xizmatchilar, balki butun jamiyat uchun alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

“Mudofaa qobiliyatini doimiy ravishda oshirish davlatning strategik vazifalaridan biridir. Qozog‘iston armiyasi vatanni qat’iyat bilan himoya qilishga har daqiqada tayyor bo‘lishi kerak. Qurolli kuchlar xalqning hamjihatligi va ertangi kunga ishonchi, mamlakat suvereniteti va hududi yaxlitligining ishonchli kafolati, davlatning mustahkam tayanchi vazifasini bajaradi”, deyiladi tabrikda.

Davlat rahbari harbiy xizmatchilar o‘z ona yurti tinchligini himoya qilib, ajdodlar an’analarini davom ettirayotganliklarini ta’kidladi.

O‘zA