Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toqayev: Qozog‘iston maxsus operatsiya kuchlarini rivojlantiradi
19:49 / 2022-07-05

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mudofaa vaziri Ruslan Jaqsiliqovning 2022 yil birinchi yarmidagi faoliyati bo‘yicha hisobotini tingladi. Bu haqda Oq o‘rda matbuot xizmati axborot berdi.

Xabarda aytilishicha, vazir davlat rahbarining Qozog‘iston maxsus operatsiya kuchlarini rivojlantirish ko‘rsatmasi bajarilishi bo‘yicha hisobot taqdim etgan.

Shuningdek, Toqayevga joriy yil ikkinchi yarmida rejalashtirilgan jangovar tayyorgarlik tadbirlari, jumladan, qator keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari haqida ham ma’lumot bergan.

Bundan tashqari matbuot xizmati xabarida Qozog‘iston Respublikasi harbiylari xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etishi ham ta’kidlangan.

Uchrashuv yakunida Prezident Qozog‘iston qurolli kuchlarini har tomonlama va tizimli ravishda takomillashtirishni ta’minlash, ularning jangovar tayyorgarligini yuqori darajada saqlash zarurligiga urg‘u bergan.

Ulug‘bek Mahmirzayev, O‘zA