Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toqayev: Poytaxt Ostonaga ko‘chirilishi to‘g‘ri bo‘lgan
08:24 / 2023-07-06

Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev birinchi Prezidentning 1997 yil poytaxtni ko‘chirish tashabbusini to‘g‘ri qaror, deb hisoblaydi. U Nursulton Nazarboyevning yangi shaharni bunyod etish va rivojlantirishga qo‘shgan hissasini munosib baholashga chaqirdi.

“Bu xalqimiz kelajagini har tomonlama oldindan belgilab bergan muhim, tarixiy, vaqtida qabul qilingan qaror edi. Birinchi Prezidentning tashabbusi yangi milliy g‘oyaga aylandi. Albatta, bu milliy manfaatimizga to‘la mos keldi. Shuning uchun Nazarboyevning ayni jarayonga qo‘shgan hissasini adolatli baholaymiz”, dedi Toqayev.

Davlat yetakchisi “poytaxtni ko‘chirish qarori oson kechmagani”ni ta’kidladi. “Ko‘p ish qilindi. Mamlakat uchun og‘ir davr edi: iqtisodiy tanazzul xavf solib turar, odamlar bozor munosabatiga tayyor emas edi”, dedi u.

“Shunday og‘ir pallada Nazarboyev tashabbusi bilan 1994 yil 6 iyul kuni Oliy kengash (parlament) poytaxtni Oqmola shahriga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Rasmiy ravishda Oqmola 1997 yil 10 dekabrda mamlakatning bosh shahriga aylandi. 1998 yil 6 mayda esa Oqmola Ostonaga o‘zgartirildi”, qayd etdi Toqayev.

O‘zA