Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toqayev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida Putinni qutladi
19:41 / 2022-10-07

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Yig‘ilishda tashkilot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va yanada rivojlantirish rejasi muhokama qilindi.

Konstantin saroyida tashkil etilgan oliy darajali tadbirda Toqayev Rossiya Federatsiyasi yetakchisi Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni, 70 yoshga to‘lgani munosabati bilan tabriklagan.

Oq O‘rda ma’lum qilishicha, Toqayev Putinning Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasini alohida e’tirof etdi.

Avvalroq Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev ham Vladimir Putinni tabriklagani to‘g‘risida axborot berilgandi.