Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toqaev BMT Bosh Assambleyasining munozaralarida ishtirok etadi
15:15 / 2019-09-23

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York (AQSh)ga yo‘l oldi, deya 23 sentabr kuni xabar berdi Qozog‘istonning davlatga tegishli telekanallari.


Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York (AQSh)ga yo‘l oldi, deya 23 sentabr kuni xabar berdi Qozog‘istonning davlatga tegishli telekanallari.

Toqaevning matbuot kotibi Berik Qurmangalining Facebookʼda ma’lum qilishicha, safar davomida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va bir qator mamlakatlarning davlat va hukumat boshliqlari bilan, shuningdek xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, Amerika biznesi, transmilliy kompaniyalari, AQSh siyosiy va ekspert doiralari vakillari bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan. Tashrif 25 sentabrgacha davom etadi, deya xabar berdi matbuot kotibi.

BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi ishida 196 ta delegatsiya, yuzga yaqin davlat yetakchisi, BMTga a’zo 80 dan ortiq mamlakatlarning hukumat rahbari va tashqi siyosat mahkamalarining rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Toqaev Bosh Assambleyaning umumiy munozaralarida ishtirok etadi. Umumiy munozaralarning bu yilgi mavzusi “Qashshoqlikni bartaraf etish, sifatli ta’lim, iqlimiy harakatlar va har tomonlama yondashuvga qaratilgan ko‘p tomonlama sa’y-harakatlarni birlashtirish”dir.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, mazkur tashrif Toqaevning davlat rahbari sifatidagi AQShga ilk tashrifidir. U 2011–2013 yillarda BMT Bosh kotibining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.